Jamiyat

Buxoroda soqov o’quvchini uzr so‘rashga majburlagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Buxoroda soqov o’quvchini uzr so‘rashga majburlagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda o‘qituvchi soqov o‘quvchisini urib, undan kechirim so‘rashini talab qilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, holat 2024-yilning fevral oyida Buxoro shahridagi 27-maxsus maktab internatida sodir bo‘lgan. Videoda o‘qituvchi nogiron, gapira olmaydigan kichik sinf o‘quvchisiga uzr so‘rashini aytib qo‘rqitgan. Shuningdek, “og‘zingni yum” kabi jumlani bir necha bor qo‘llagan.

Boshqarmaga ko‘ra, o‘qituvchi pedagoglik majburiyatlarini buzganligi va o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchiga nisbatan kuch ishlatganligi uchun maktab-internatining  boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi N.X. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.