Milliy valyutadagi bank kreditlarining o‘rtacha stavkasi iyun oyida 24,5 foizni tashkil etgan. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Qayd etilishicha, iyun oyida kreditning o‘rtacha stavkasi o‘tgan oydagiga nisbatan 0,1 foizga ko‘tarilgan. May oyida kredit foizi 24,5 foizni tashkil etgan edi.
Qolaversa, banklarga qo‘yiladigan omonatlar stavkasi ham ko‘tarildi. Iyun oyi hisoboti bo‘yicha, o‘rtacha tortilgan stavka may oyidagiga nisbatan 0,8 foizga oshib, 22,0 foizni tashkil qildi. Bu hozircha milliy valyutadagi omonatlar stavkasi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!