Ilm-fan

Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi

Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi

Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali ko‘rish mumkin.

Prezident maktablariga qabul 1-iyundan 20-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.

Prezident maktabiga hujjat topshirish uchun talabgor 4-sinfni tugatgan bo‘lishi kerak, o‘quvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.

Umumta’lim muassasalarining 4-sinfini tamomlagan o‘quvchilar prezident maktablarining 5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga 12 nafardan (jami 24 nafar) qabul qilinadi.