“O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yana-da oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-102-son, 18.07.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-avgustgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatga olinib, litsenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam bo‘lmagan yuqori o‘tish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona boji va utilizatsiya yig‘imini amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida 3 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi.
2025-yil 1-avgustgacha turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi.
Turizm qo‘mitasi tomonidan ro‘yxati shakllantiriladigan xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida turizm sohasidagi tadbirkorlar, hunarmandlar, madaniyat va sanʼat vakillari ishtirok etadi.
Bunda, 2025-yil 1-yanvardan:
➖xalqaro turizm yarmarka va ko‘rgazmalari uchun hokimliklarning mahalliy byudjetidan 1 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘lar ajratiladi;
➖faoliyat boshlaganiga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarka va ko‘rgazmalaridagi pavilyon ijarasi xarajatining 50 foizi qoplab beriladi;
➖hunarmandlarning xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalaridagi pavilyon ijarasi, ularda namoyish etiladigan mahsulotlarini tashish va aviachipta xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!