Jamiyat, Jinoyat

Yuridik universitetga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Yuridik universitetga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro X.X. (muqaddam sudlangan) fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida chet tillari bo‘yicha tahsil olganligi to‘g‘risida sertifikat olib berib, Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. U  3 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.