Ilm-fan, Jahon

O’zbekistonlik o’quvchilar mental arifmetika bo’yicha xalqaro musobaqada qatnashdi

O’zbekistonlik o’quvchilar mental arifmetika bo’yicha xalqaro musobaqada qatnashdi

O’zbekiston maktab o’quvchilari Ispaniya poytaxtida bo’lib o’tgan mental arifmetika bo’yicha xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli qatnashdi. Bu haqda «Dunyo» AA  xabar berdi.

«ALOHA mental arithmetic» xalqaro maktabi tomonidan tashkil etilgan musobaqada Germaniya, Xorvatiya, Malayziya, Buyuk Britaniya, Filippin, Gretsiya, Xitoy, Kanada, Hindiston, Gvatemala, Portugaliya, Irlandiya, Rossiya, Venesuela, O’zbekiston, Ekvador, Panama, Ispaniya, Bangladesh va Meksika kabi 20 mamlakatdan kelgan o’quvchilar o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi.

E’tiborlisi, O’zbekiston vakillari ushbu musobaqada sovrinli o’rinlarni egalladi. Jumladan, ALOHA xalqaro dasturining O’zbekistondagi bosh vakili va bosh master-treneri Dinara Hakimova rahbarligida ushbu xalqaro musobaqada astoydil tayyorgarlik ko’rgan 13 nafar o’quvchi 100 foizlik natija qayd etishdi.

Turnir yakunida O’zbekiston o’quvchilari tashkilotchilar tomonida kubok va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.