Toshkent viloyatida sodir boʻlgan vaxshiy qotillik oqibatida bir oilaning 5 nafar aʼzosi hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 26-iyul soat 06:19 larda Yangiyoʻl tuman Nurafshon koʻchasida joylashgan xonadonda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Unga ko’ra, Yangiyoʻl tumani FVB Yongʻin qutqaruv qismi oʻt oʻchiruvchilari tomonidan voqea joyiga chiqilib, kelib chiqqan yongʻin bartaraf etilgan.
Xonadonni koʻzdan kechirish davomida 5 nafar (1991-y.t. erkak, 1999-y.t. ayol, 2021 va 2022-y.t. bola va 2018-y.t. qiz) shaxsning murdalari turli tan jarohatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiyoʻl tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Prokuratura va ichki ishlar organlarining malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tomonidan jinoyatni fosh etish choralari koʻrildi va qisqa muddat ichida jinoyatchi aniqlandi.
Olingan dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi shaxs (1995 y.t.) jabrlanuvchi erkak (marhum) ning qarindoshi hisoblanib, u ushbu jinoyatni o‘rtalarida mavjud bo‘lgan qarz munosabati sababli sodir etganligi maʼlum bo‘ldi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!