Jahon, Jinoyat

Druzlar Isroil vazirlarini Golan tepaliklarida o‘ldirilgan bolalarning dafn marosimidan haydab yubordi

Druzlar Isroil vazirlarini Golan tepaliklarida o‘ldirilgan bolalarning dafn marosimidan haydab yubordi

Isroil tomonidan bosib olingan Golan tepaliklarida joylashgan Majd al Shams shahridagi druzlar jamoasi 12 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan raketa hujumi qurbonlari dafn marosimida isroillik vazirlarning ishtirok etishiga norozilik bildirdi, deb xabar berdi Sabah nashri.

Isroil hujumni Livan Hizbullohi bilan bog‘ladi, biroq Hizbulloh fojiaga aloqadorligini rad etdi. Moliya vaziri Bezalel Smotrich dafn marosimiga kelganida, qurbonlarning qarindoshlari uni marosimdan quvib chiqara boshlashdi.

“Bu yerdan ket, jinoyatchi. Biz sizni Golanda ko‘rishni xohlamaymiz, – deya qichqirdi motam tutuvchilardan biri. Hukumatning boshqa aʼzolari – atrof-muhit vaziri Idit Silman, iqtisodiyot vaziri Nir Barkat va energetika vaziri Eli Koen ham xuddi shunday qarshi olindi.

“Kelmang. Ushbu masalaning nozikligini inobatga olib, ushbu fojiani siyosiy voqeaga aylantirmaslikni so‘raymiz. Biz druzlarning urf-odatlari bo‘yicha tinchgina dafn marosimini o‘tkazish imkoniyatini berishni talab qilamiz”, — deb yozadi jamoa yetakchilari Isroil hukumatiga murojaatida.

Druzlar – avval shia mazhabining ismoiliylar tarmog‘iga eʼtiqol qilgan, ammo XI asrda ulardan ajralib chiqib, alohida druzizm yo‘nalishiga asos solgan arablar bo‘lib, ular soni dunyo bo‘yicha 1,5 million, Isroilda 150 ming nafarga yaqinni tashkil etadi. 1957 yilda Isroil tomonidan druzlar alohida diniy konfessiya deb eʼlon qilinganidan so‘ng jamoat yetakchilarining iltimosi bilan druzlar Isroil armiyasida xizmat qilish, Ksennetga ovoz berish kabi huquqlarni qo‘lga kiritgan.