Jahon

Erdo’g’an Isroilga hujum qilish bilan tahdid qildi

Erdo’g’an Isroilga hujum qilish bilan tahdid qildi

Bu haqda kecha, 28 – iyul kuni Rizo viloyatida bo’lib o’tgan yig’ilishda Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo’g’an ma’lum qildi. Bu haqda Xalq TV xabar berdi.

Turkiya yetakchisining aytishicha, Falastin rahbari Mahmud Abbos turk tomonining respublika parlamentida so’zlashish taklifiga javob bermagan. Bundan tashqari, Turkiya yetakchisi Isroilga kirmaslik uchun hech qanday sabab yo‘qligini ta’kidladi.

Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats Turkiya Prezidentini Isroilga bostirib kirgandan so’ng bo’lishi mumkin bo’lgan oqibatlar haqida ogohlantirgan.

“Erdo’g’an Saddam Husayn izidan borib, Isroilga hujum qilish bilan tahdid qilmoqda. Shunchaki u yerda nima bo’lganini va hammasi qanday tugaganini eslasin” deydi Isreal Kats o’zining ijtimoiy tarmog’ida.