Jamiyat, Jinoyat

Samarqandda 47 nafar fuqaroni aldagan firibgar qo’lga olindi

Samarqandda 47 nafar fuqaroni aldagan firibgar qo’lga olindi

Xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar qo’lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo tuman bo’limi va IIB xodimlari hamkorligida o’tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro  B.I bir qancha fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni Angliya davlatiga ishga yuborishi evaziga 4 500 AQSH dollarini firibgarlik yo’li bilan qo’lga kiritib, tadbir davomida 1,2 mln so’m va 700 AQSH dollarini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro B.I  47 nafar fuqaroni yuqoridagi kabi aldab, chet davlatlarga ishga yuborishi evaziga jami 37 160 AQSH dollarini firibgarlik yo’li bilan qo’lga kiritilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168- moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo’zg’atilib, tergov harakatlari o’takazilmoqda.