O‘zbekiston

Shohimardonga kirishda joylashgan “Oq-qiya” bojxona punkti doimiy ish rejimiga o‘tdi

Shohimardonga kirishda joylashgan “Oq-qiya” bojxona punkti doimiy ish rejimiga o‘tdi

Mazkur yangilik Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning 2024-yil 18-iyul kuni Toshkent shahridagi uchrashuvida erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshgan.

Qirg‘iz Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘ida tomonlar ikkala davlat chegarasida joylashgan chegara bojxona postlaridan samarali foydalanish masalasini ko‘rib chiqishgan.

2024-yilning 26-iyulidan boshlab Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining “Farg‘ona” chegara bojxona posti hamda Shohimardonga kirish qismida joylashgan “Oq-qiya” bojxona punkti tunu kun ishlash rejimiga o‘tkazilgan.