Jamiyat

Bemor o‘rniga  piyoz tashigan «103» haqida izoh berildi

Bemor o‘rniga  piyoz tashigan «103» haqida izoh berildi

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda tez yordam mashinasining qoplar to’la piyoz olib ketayotgan fotosurat keng tarqalib,  jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan Respublika tez tibbiy yordam markazi o’rganish o’tkazganini ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, mazkur avtomashina tez tibbiy yordam xizmatiga emas, balki Samarqand shahrida faoliyat ko’rsatayotgan xususiy klinikalardan biriga tegishli bo‘lgan. Undan bemorlarni davolash uchun shifo maskaniga olib kelish, yashash manziliga eltib qo’yish va mobil tibbiy yordam ko’rsatish maqsadlarida foydalanib kelingan.

Klinika vakillarining izohlashicha, ushbu tadbirkorlik subyektiga qarashli xo’jalik avtomashinasi harakatlanish chog’ida yo’lda buzilib qolgan, oqibatda yukni manzilga yetkazish uchun fotosuratda aks etgan transport vositasidan foydalanishga to’g’ri kelgan.