Yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida O‘zbekistonda oltin medalni qo‘lga kiritgan Diyora Keldiyorova o‘zining Instagram sahifasida muxlislariga murojaat qildi.
“Bugun Instagramimda raqibim Abe Utaning profilida unga nisbatan juda ham ko‘p tahqirlovchi izohlarni o‘zbeklar yozayotgani haqida ma’lumot oldim. Barcha muxlislardan kim bo‘lishidan qat’iy nazar hammaga chuqur hurmatda bo‘lishingizni so‘rab qolaman. Bu albatta, sport. Bu bizni birlashtiruvchi kuch. Biz dzyudo oilasimiz. Iltimos, to‘xtating. Menimcha, dzyudoni insonlarga o‘rgatadigan eng muhim jihati bu hurmat”, — deydi Diyora.
Eslatib o‘tamiz, Diyora Keldiyorova dzyudo bo‘yicha Parij olimpiadasining oltin medalini qo‘lga kiritdi. U terma jamoaga ilk medalni taqdim etish bilan birga yozgi olimpiada o‘yinlari tarixida sovrindor bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik ayol sportchi bo‘ldi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!