Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko’ra, holat Shahrisabz shahrida 21-iyul kunduzgi soat 10 larda sodir bo’lgan. 2004-yilda tug’ilgan jinoyatchi, 17-iyul kuni tog’asi bilan janjallashib qolgan. O’shanda tog’asi uni urib, ota-onasini haqorat qilganligi yodiga tushib qolgan.
Oqibatda, 1984-yilda tug’ilgan tog’asini ikkala yelka qismiga pichoq urib jarohat yetkazgan. Natijada, tog’a kasalxonaga yotqizilgan va ko’rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Hozirda jinoyatchi qo’lga olingan. Mazkur holat yuzasidan JK 97 moddasi 1 qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!