Buxoro viloyatida er xotinini qasddan o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, holat joriy yilning 30- iyul kuni taxminan soat 21:16 larda Peshku tumanida sodir bo‘lgan. 27 yoshli erkak M.E. turmush o‘rtog‘ini qasddan o‘ldirib, hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida “Chibog‘oni“ MFYda joylashgan fermer xo‘jaligining dala maydonidan fuqaro M.E.ning jasadi topilgan. U joniga qasd qilib, o‘zini daraxtga osgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!