Jamiyat

O‘zbekistondagi barcha operatsiya va reanimatsiya xonalarida kameralar o‘rnatiladi

O‘zbekistondagi barcha operatsiya va reanimatsiya xonalarida kameralar o‘rnatiladi

Tibbiy faoliyatni litsenziyalashning yangilangan pasportidagi talablar 2025-yilning 1-yanvar kunidan kuchga kiradi.

O‘zbekistondagi barcha operatsiya va reanimatsiya xonalarida kameralar o‘rnatiladi. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Tibbiy faoliyatni litsenziyalashning yangilangan pasporti qabul qilindi.

“Hukumat qaroriga muvofiq tibbiyot tashkilotlari tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligi bilan bevosita bog‘liq qator qo‘shimcha talablar joriy qilinmoqda”, – dedi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi Litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Begiyev.

Jumladan, Tibbiy faoliyatni litsenziyalash pasportiga litsenziya talablari va shartlari sifatida quyidagi qo‘shimchalar kiritilmoqda.