Qashqadaryoda ayol eri bilan birgalikda dugonasining 1 yoshli bolasini urib o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ayitilishicha, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 21-iyul kuni soat 12:00 larda 2023-yilda tug‘ilgan qizaloq kasalxonaga o‘lik holda olib kelingan. Marhumaning onasi, 1988-yilda tug‘ilgan A.N. 2024-yil aprel oyida Rossiyaga ishlashga ketish uchun qiziga enaga yollagan.
Rossiyaga ketganidan keyin shu yil may oyida dugonasi, 1983-yilda tug‘ilgan ayol qo‘ng‘iroq qilib, yollagan enaga uning farzandiga yaxshi qaramaganligi sababli bolasiga o‘zi qarab turishini aytgan. Shundan so‘ng dugonasi marhumani o‘zining uyiga olib kelgan. 20-iyul soat 11:30 larda birga yashovchi turmush o‘rtog‘i, 2001-yilda tug‘ilgan erkak qaramog‘ida bo‘lgan marhuma tanasini turli qismlariga urib, jarohat yetkazganligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, 20-iyul kuni qizaloq tushlik vaqtida kiyimiga xojatini chiqargani sababli erkak (2001-yilda tug‘ilgan) qo‘lining mushti bilan uning ko‘krak qafasi va qorniga bir necha marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan. O‘zining jinoiy qilmishini yashirish maqsadida go‘yoki kolyaskadan yiqilib tushgani haqidagi vaj bilan shifoxonaga olib borgan.
Mazkur holat yuzasidan 22-iyul kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!