Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimi fuqaroga qo‘l ko‘tardi. U avvalroq so‘kinishi bilan jamoatchilikka yaxshi tanilgandi.
Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov fuqaroga qo‘l ko‘targan. Voqea hududdagi kuzatuv kameralariga tushib qolgan.
Videoga izoh beruvchiga ko‘ra, tuman hokimi avvaliga tandirni tepgan va so‘ngra IIB xodimlari yonida turgan fuqaroga tarsaki tushirgan. Holat bo‘yicha boshqa ma’lumot yo‘q.
Holat yuzasidan mas’ullardan izoh kutib qolamiz.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!