Jahon, Siyosat

Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Qozog‘istonda bo‘lib turgan va bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi. Bu haqida   Qozog‘istondagi O‘zbekiston elchixonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, elchixonada profilaktik ishlar olib borilishi sabab 2024-yil 5-10-avgustgacha fuqarolarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatadi.

Avvalroq Qosim-Jo‘mart Toqayevning taklifiga binoan Shavkat Mirziyoyev 7-8-avgust kunlari Qozog‘istonga borishi haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 9-avgust kuni Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.