Qayd etilishicha, ushbu masala viloyat hokimligi apparati yig‘ilishida “keskin muhokama qilingan”. “Tuman hokimi F.Yusupov shu va ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan boshqa kamchiliklari uchun intizomiy jazoga tortilgan”, — deyiladi xabarda.

Hokimlikning qo‘shimcha qilishicha, tuman hokimiga “har bir fuqaro bilan xushmuomala va hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishi” kerakligi uqtirilgan va kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ygan taqdirda tegishli javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirilgan.

Fayzulla Yusupov Chiroqchi tumaniga hokim etib 2023-yil 4-avgustida tayinlangandi. Tayinlovga qadar u viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi rahbari bo‘lgan.

U 15-yanvar kuni “topshiriqlar ijrosini ta’minlashda nazoratni susaytirib yuborgani, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani” uchun hayfsan olgandi.