Istanbuldan Samarqandga uchayotgan samolyot Bokuga qo’ndi.
Istanbuldan Samarqandga uchayotgan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasining samolyoti Bokuga majburiy qoʻnishni amalga oshirdi.
Ma’lum qilinishicha, voqeaga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i keskin yomonlashgani sabab bo‘lgan.
Bokuda yo‘lovchiga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, sog‘lig‘i yaxshilangandan so‘ng samolyot parvozni davom ettirgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!