Jahon

Sudanda ocharchilik rasman eʼlon qilindi

Sudanda ocharchilik rasman eʼlon qilindi

Sudanda rasman ocharchilik e’lon qilindi. Mamlakatdagi harbiy guruhlar oʻrtasida 15 oydan ziyod vaqtdan buyon davom etayotgan ichki urushlar natijasida 48 millionlik aholining yarmidan koʻpi ochlikdan aziyat chekmoqda, har 10 ming kishidan ikki nafar katta yoshli yoki toʻrt bola har kuni toʻyib ovqatlanmaslik va ochlikdan vafot etmoqda.

Sudanning Darfur mintaqasida ocharchilik rasman e’lon qilindi. Bu haqda TRT Norvegiya Qochqinlar boʻyicha Sudan kengashi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Mamlakatda general Al-Burhon boshchiligidagi hukumat armiyasi va Tezkor Harakat Kuchlari (SDF) oʻrtasida 15 oydan beri davom etayotgan fuqarolar urushi natijasida yuz minglab darfurliklar qamalda qolib ketdi.

Shimoliy Darfurdagi Al-Fashir shahri yaqinidagi Zamzam lageriga qochib kelgan odamlar iyunʻ oyidan beri ochlikka duch kelishmoqda. Ularga oziq-ovqat yordami etib borayotgani yoʻq. Bu ocharchilikning rasmiy e’lon qilinishiga olib keldi, deya xabar berdi Norvegiya qoʻmitasi. Zamzam” lageri yaqinda kengaytirildi va hozirda 500 mingga yaqin kishini qabul qiladi.

Al-Fashir hududidagi yana ikkita lagerʻ – Abu Shouk va Al-Salom ham ocharchilikka duchor boʻlishi mumkin, ammo cheklangan ma’lumotlar buni tasdiqlashni qiyinlashtiradi.

Bugungi zamonaviy dunyoda ocharchilik haqida rasman e’lon qilish kamdan-kam uchraydigan hodisa, ammo bu butun dunyo e’tiborini jalb qilish va donor hukumatlarni yordam agentliklari uchun mablagʻni oshirishga undashga xizmat qilishi mumkinJahon miqyosida roʻy berayotgan yana ikkita yirik urush (Gʻazo va Ukrainadagi urushlar nazarda tutilmoqda – tahr.) hamda turli favqulodda vaziyatlar tufayli Sudanga zarur yordam etarli daraja etkazib berilayotgani yoʻq, deydi yordam agentliklari.

«Bu ocharchilik fojiali, halokatli va afsuski, oldindan aytish mumkin, – deyiladi qoʻmita xabaridaBu biz kerakli barcha resurslarni olib kelishimiz lozim boʻlgan muhim daqiqadir».

Sudandagi raqib harbiy guruhlar oʻrtasidagi urush bir vaqtlar dunyoning non savati hisoblangan unumdor mamlakatda dunyodagi eng katta ochlik inqirozini keltirib chiqardi. Jahon oziq-ovqat dasturiga koʻra, Sudanda 48 million aholining yarmidan koʻpi ochlik xavfi ostida. Mamlakatda, shuningdek, dunyodagi eng yomon qochqinlar inqirozi mavjud boʻlib, 10 milliondan ortiq odam oʻz uylarini tashlab ketishga yoki qoʻshni davlatlarga qochishga majbur boʻldi.

Mutaxassislar ocharchilikni tasniflash uchun qat’iy metodologiyadan foydalanadi. Uy xoʻjaliklarining 20 foizi yoki hududdagi har beshinchi kishi oziq-ovqat taqchilligiga duch kelganida, ocharchilik e’lon qilinadi; Bolalarning 30% oʻtkir toʻyib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda; har 10 000 kishidan ikki kattalar yoki toʻrtta bola har kuni toʻyib ovqatlanmaslik yoki ochlikdan vafot etmoqda.