Ijtimoiy tarmoqlarda Uzbekistan Airways AJ samolyotining burni shikastlangani aks etgan suratlar tarqaldi. Aviakompaniya matbuot xizmati hodisaga izoh berib, bu 3-avgust kuni Krasnoyarskdan Toshkentga uchayotgan Airbus A320 samolyoti bilan sodir bo‘lgani haqida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, samolyot xavfsiz qo‘ngan va hech qanday jarohatlar yo‘q.
“Bulutli hududda samolyotga do‘l kelib urilgan, bu esa samolyotning burnini shikastlagan. Samolyot safarini davom ettirdi va Toshkent aeroportiga eson-omon qo‘ndi. Jabrlanganlar yo‘q”, — deyiladi kompaniya xabarida.
Ayni vaqtda do‘ldan yetkazilgan zarar bartaraf etilgan, samolyotga rejali texnik xizmat ko‘rsatish amaliyoti o‘tkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!