Jamiyat, Jinoyat

Toshkent viloyatida 544 mln so‘mlik noqonuniy elektr o‘zlashtirganlar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida 544 mln so‘mlik noqonuniy elektr o‘zlashtirganlar qo‘lga olindi

Yangiyo‘l tumanida 544,8 mln so‘mlik elektr quvvatidan noqonuniy foydalangan savdo do‘koni va avtomobillarni yuvish shoxobchasi aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT J.D. tuman elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi O.T. bilan o‘zaro til biriktirib, “Navbahor” MFY hududidagi savdo do‘koni va avtomobillarni yuvish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 544,8 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.