Jamiyat

Toshkent viloyatida cho’kkan turar joy binosi haqidagi xabarlar rad etildi

Toshkent viloyatida cho’kkan turar joy binosi haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi turar joy binosi cho‘kkani haqida xabarlar tarqaldi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi buni rad etdi.

Mazkur holat Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan oʻrganib chiqilgan.

Ta’kidlanishicha, holatga ichimlik suvi tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik sabab bo‘lgan. Suv sizib chiqib, binoning ikki yon tomonida to‘planishi natijasida turar joy atrofidagi beton yo‘lak (otmoska)larda cho‘kish hosil bo‘lgan va granit plitalar binoning poydevoridan ko‘chgan.

Asosiy va yerto‘la qismi o‘rganilganda esa yon va to‘suvchi devorlarda yorilish hamda pol qismida cho‘kish holatlari kuzatilmagan.
Quruvchi tomonidan muammo aniqlanishi bilan joyida binoning ikki yon tomon yo‘lagidagi cho‘kish holati bartaraf etilib, beton yo‘laklari qayta taʼmirlangan hamda sokol qismidagi poydevordan ko‘chgan granit plitalar joyiga o‘rnatilib, holat bartaraf etilgan.