Jahon

Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistonni ogohlantirmoqda

Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistonni ogohlantirmoqda

Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistonga Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar shartlarini buzmaslikni tavsiya qilmoqda. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

“YI tashqi ishlar vakili Josep Borrelning Bishkekka so‘nggi tashrifi chog‘ida asosan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shu bois asosiy suhbat hamkorlikning yo‘l xaritasini amalga oshirishga qaratilgan edi. Shuningdek, ular Rossiyaga qarshi sanksiyalarni buzishdan ogohlantirdilar, – deyiladi vazirlik bayonotida.

Ta’kidlanishicha, Borrelning Bishkekka tashrifi savdo hajmini va tranzit imkoniyatlarini oshirish masalalarini muhokama qilishda foydali bo‘lgan.

Borrell 3-avgust kuni Bishkekka amaliy tashrif bilan keldi.