2024-yil 03-avgust kuni Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori kichik serjant A.Rajabov va PPX safdor xodimi Sh.Nishonboyevlar tomonidan «Matiz» rusumli avtomobil to‘xtatilib, haydovchining hujjatlarini tekshirish davomida avtomashina ichida bo’lgan 2 nafar yo’lovchilari o’zini tutishi va gap so’zidan xodimlarda shubha uyg’otgan.
Yo’lovchilarning shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida avtomashinadan tushishlari so’ralganda, avtomashinadan tushib hodisa joyidan yashirinish maqsadida noma’lum tomonga qochishgan. Ko’rilgan chora tadbirlar natijasida ular ushlanib maxsus dastur yordamida tekshirilganda, fuqarolar: 1977-yilda tug’ilgan (erkak) N.U. hamda 1981-yilda tug’ilgan (ayol) N.T.lar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat sodir etganlikda gumonlanib rasmiy qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro Mirzo Ulug’bek tumani IIO FMBga topshirilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!