Bo‘stonliqda profilaktika inspektori ayoli bilan janjallashib qolib, o‘z joniga qasd qildi.
Qayd etilishicha, 6-avgust kuni soat 21:00 larda Bo‘stonliq tumanida yashagan profilaktika inspektori turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik davomida o‘ziga biriktirilgan «PM tabel» quroli bilan turmush o‘rtog‘i va 2024-yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga o‘q uzib qasddan o‘ldirgan.
Shundan so‘ng, u o‘z jinoiy qilmishlaridan qutilib qolish maqsadida «PM tabel» quroli bilan o‘zining bosh qismidan bir marotaba o‘q uzib o‘z joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!