Jahon

Eronda bir kunda 29 kishi qatl etildi – BBC 

Eronda bir kunda 29 kishi qatl etildi – BBC 

Eronda chorshanba kuni kamida 29 kishi, jumladan, mamlakat qamoqxonalaridan birida 26 mahkum guruh boʻlib qatl qilindi, deya xabar beradi BBC inson huquqlari tashkilotlariga tayanib.

Jumladan, Norvegiyaning Iran Human Rights tashkiloti Tehron yaqinidagi Kerej shahridagi Gezelxezar qamoqxonasida 26 kishi, Keredj shahar qamoqxonasida yana uch kishi qatl etilganini bildirdi.

BMT ma’lumotlariga koʻra, mamlakatda joriy yilda kamida 345 ta oʻlim jazosi ijro etilgan, ulardan 15 tasi – ayollarga nisbatan.

Qatl etilganlar, jumladan, ikki Afgʻoniston fuqarosi qotillik, giyohvandlik va zoʻrlashda ayblangan.

Boshqa huquq guruhlari, jumladan AQShda joylashgan Human Rights Activists (HRANA) inson huquqlariga ixtisoslashgan axborot agentligi va Erondagi Inson huquqlari markazi (CHRI) ham Kerejda kamida yigirma kishi qatl etilganini tasdiqladi.

Inson huquqlari guruhlari Eronni 2022 yilgi norozilik namoyishlaridan keyin jamoatchilikda qoʻrquvni uygʻotish uchun oʻlim jazosidan foydalanganlikda bir necha bor ayblab keladi. Huquq himoyachilarining hisob-kitoblariga koʻra, Eron har yili, Xitoydan tashqari, dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda koʻproq odamni qatl qiladi.

“Xalqaro hamjamiyatdan zudlik bilan javob boʻlmasa, yaqin oylarda yuzlab odamlar Islom Respublikasining qotillik mashinasi qurboniga aylanishi mumkin”, dedi IHR direktori Mahmud Amiri-Mugʻaddam.