Jahon, Sport

Bahodir Jalolov havaskor boksdan ketganini ma’lum qildi

Bahodir Jalolov havaskor boksdan ketganini ma’lum qildi

Parij—2024 boks bahslarining final uchrashuvlari yakuniga yetdi. So‘nggi bahsda Bahodir Jalolov va ispaniyalik Ayub Gadfa qatnashdi va yakunda o‘zbekistonlik bokschi g‘alaba qozondi.

Shundan so‘ng Jalolov faoliyati uchun muhim qaror qabul qilganini aytdi.

Sportchi ikki karra Olimpiada chempioni bo‘lgach, havaskor boksdan professionalga o‘tganini ma’lum qildi. U Olimpiadadagi so‘nggi jangidan keyin libosini yechib, ringda qoldirdi.

“Inshaalloh, profissonal boksda ham mutlaq jahon chempioni bo‘laman va barchaning ishonchini oqlayman”, dedi u.

Bahodir Jalolov so‘nggi uchta Olimpiadada ishtirok etgan. Yaponiya va Fransiyadagi turnirlarda g‘olib bo‘ldi.

Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston boks jamoasi 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, ushbu sport turida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.