Jahon

Lukashenko belaruslarni yangi prezidentga tayyorlanishga chaqirdi

Lukashenko belaruslarni yangi prezidentga tayyorlanishga chaqirdi

Lukashenko belaruslarni yangi prezidentga tayyorlanishga chaqirdi

 

70 yoshli prezident iste’foga chiqqanidan keyin «qishloqlardan birida o‘rnashib olishni» xohlaydi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko tez orada iste’foga chiqishi va mamlakatni boshqa shaxs boshqarishi mumkinligiga ishora qildi. Bu haqda u qishloqlardan birining aholisi bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozdi «SB. Belarus segodnya».

Uchrashuvda aholidan biri undan bir yildan so‘ng bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida yana o‘z nomzodini ko‘rsatishini so‘radi. Biroq, Lukashenko bunga javoban o‘zini hokimiyatga unchalik qiziqmayotgandek ko‘rsatdi.

«Hammangizga ochiq aytaman: prezident boshqa odam bo‘lishiga ko‘nikishingiz kerak (sizlarni biroz erkalatib yubordim). Yo‘q, men ertaga yoki indinga sizlarni tark etaman, deb aytolmayman… Lekin hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin, men ham hammangiz kabi abadiy emasligimga ko‘nikishingiz kerak», dedi u.

Lukashenkoning aytishicha, iste’foga chiqqanidan keyin u «qishloqlardan birida o‘rnashib olishni» xohlaydi.

70 yoshli Aleksandr Lukashenko 1994 yildan buyon Belarusga prezidentlik qiladi. U 5 marta bu lavozimga qayta saylangan.