Hodisa, Jinoyat

Samarqanddagi YTHda 4 yoshli bola halok bo‘ldi

Samarqanddagi YTHda 4 yoshli bola halok bo‘ldi

Samarqanddagi YTHda 4 yoshli bola halok bo‘ldi.

Bunga Lacetti avtomobilining rul boshqaruvini yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Bu haqda Samarqand IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 9-avgust kuni soat 19:40 atrofida Samarqand viloyati Jomboy tumanida Lacetti avtomobili rul boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada yo‘l chetida turgan 4 yoshli bolani urib yuborgan. Bolakay olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.

Haydovchiga nisbatan JKNing 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.