Jamiyat, Jinoyat

Surxondaryoda yigit opasini urib o‘ldirdi

Surxondaryoda yigit opasini urib o‘ldirdi

Surxondaryoda maktab o‘quvchisi «yigitlar bilan gaplashib yurgani uchun» 18 yoshli opasini urib o‘ldirdi.

Surxondaryoda 11-avgust kuni 16 yoshli yigit opasini urib o‘ldirdi. Bu haqda Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Muzrabotda 2008-yilda tug‘ilgan yigit «yigitlar bilan munosabatga kirishib yurganligi» sababli 2006-yilda tug‘ilgan opasini urib o‘ldirgan. Muzrabot tuman IIB navbatchilik qismining joriy yil 11-avgust kuni bergan xabariga ko‘ra, yigit tayoq va metall jism bilan opasining boshiga va tanasining turli joylariga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda qiz voqea joyida vafot etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yigit tumandagi maktablardan birida 10-sinfda o‘qiydi. Opasi esa Termiz shahridagi restoranlardan birida ishlagan. Ularning onasi tumandagi boshqa bir maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.

Mazkur holat yuzasidan 11-avgust kuni tuman prokuraturasi tomonidan JK ning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ushlangan.