Gvardiya arslonlari yuksak marralarni zabt etmoqda
Bugun yurtimizda yoshlarni sportga jalb qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular orasida uchrashi mumkin bo‘lgan salbiy illatlar va turli xil jinoyatchiliklarning oldini olish hamda ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida Milliy gvardiya sportchilari o’rtasida boks, sambo, K1 va armrestling turlari bo‘yicha yuksak marralarni zabt etmoqda.
Boks bo‘yicha olimpiada chempioni F. G‘oyibnazarov, sambo bo‘yicha jahon chempionlari O. Xudoyqulov, F. Jumayev va sportning K1 turi bo‘yicha jahon chempioni Sh. Yo‘ldoshev, armrestling bo‘yicha Osiyo chempioni A. Obloqulovlar kabi sport ustalari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyatining sportchisi hisoblanadi.
Hozirgi kunda yurtimizda sportni rivojlantirishga va yosh sportchilarni xalqaro miqyosdagi musobaqalarga tayyorlash, jismoniy salohiyati yuqori, ruhiy tetik sportchilarni tarbiyalashga katta eʼtibor qaratilayotgani va bundan tashqari turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi kunda yoshlarimizning maʼnaviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarb. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, milliy gvardiya sport maktablarida yetishib chiqayotgan yosh o’g’lonlar xalqaro toifadagi sportchi, xalqaro olimpiada chempionatlarida yurtimiz bayro’g’ini yuksak ko’tarmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!