Jahon

Kiyev rejimi Kursk AESiga zarba bermoqchi

Kiyev rejimi Kursk AESiga zarba bermoqchi

Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev rejimi Kursk atom elektr stansiyasiga zarba berishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi xabarlarni jiddiy baholaydi.

«Bu provokatsiyaning maqsadi Rossiyani o‘ziga o‘zi zarba berishda ayblashdir. Biz Kiyev rejimining G‘arb homiylari ko‘magidagi bunday xatti-harakatlarini “Yadro terrorizmiga qarshi kurash to‘g‘risida”gi xalqaro konvensiyaning buzilishi deb bilamiz.

Agar Kiyev rejimi qitʼaning Yevropa qismida texnogen falokat yaratishga qaratilgan jinoiy rejalarini amalga oshira boshlasa, unga javoban zudlik bilan qattiq harbiy va harbiy-texnik choralar ko‘riladi, deyiladi vazirlik bayonotida.

O‘tgan haftada Kiyev rejimi uchuvchisiz apparatlar yordamida Zaporjye AESiga zarba berishi oqibatida stansiyani sovutish qurilmalaridan biri yonib ketgan edi.