Abror Muxtor Ali YouTube loyihalaridan biriga bergan intervyusida Sitora Turdibekova 28 yoshli tayvanlik raqibi Lin Yutin bilan qilgan jangi haqida gapirdi.
«Bu jangda biz jamiyatni qoralashimiz kerak boʻladi. Jamiyat inqirozlaridan biri bu adolatsizlik.
Jamiyat ham insonga oʻxshaydi. Tugʻiladi, balogʻatga yetadi, keksayadi va oʻladi. Bu adolatsizlik, bunaqa jamiyat oʻlim yoqasida.
Oʻshalar bizning mentalitetimizni tanqid qiladi. Sizlarda erkaklar ayolini uradi, deydi. Koʻringanda u yoq, bu yoqda. Hamma oilada ham boʻladiku, qoʻl koʻtarib qoʻyadi, boshqa narsa boʻladi. Buni ommalashtirishadi.
Er xotinini urishi bu axloqsizlik. Ojizani urish nomardning ishi. Lekin men ayolman deb, roʻmol oʻrab olib ayol kishini ursa boʻladimi? Ringga chiqib, sudyani qoʻyib qoʻyib, erkak kishiga ayolni urishga qoʻyib beryapti va qarsak chalyapti. Mumkin emasku, bunda testesteron bor, bunisida yoʻq. Bu adolatsizlik», — deydi u.
Avvalroq Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Olimpiada ishtirokchilarini tantanali kutib olish marosimida Parij-2024ning oʻzbekistonliklarga eng yoqmagan jihati haqida gapirgan edi.
“Bu gal eng yomoni, oʻylaymanki, xalqimizga ham yoqmagan narsa – erkak bolalarni ayollarning kiyimini kiyib chiqqani boʻldi. Buni hech qanaqasiga qabul qilib boʻlmaydi. Shunday boʻlsa ham Sitoraxon qizimiz Taypeydan kelgan erkak yigit bilan oxirigacha qoʻrqmasdan kurashdi. Shunga qaramay, Sitoraxon qizimiz taypeylik yigitga qarshi oxirigacha qoʻrmasdan jang qildi. Bu ham eʼtirofga sazovor”, — deydi Bosh vazir.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!