16-avgust kuni Isroil harbiy-dengiz kuchlari O‘rta yer dengizi sohillarida uchuvchisiz qurilmani aniqlagani haqida xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu Hizbullohning Bosh vazir Netanyaxuning Kesariyadagi qarorgohini kuzatishga urinishi bo‘lishi mumkin. Bu Isroil bosh vazirida xavotir uyg‘otmoqda.
Ushbu xabarlardan so’ng qiruvchi samolyotlar havoga ko’tarildi, biroq dronni payqamadi.
Voqea haqida so’ralganda, Isroil Bosh Vazirlik idorasi: «Bu noto’g’ri signal ekanligi aniqlandi» dedi.
Biroq, ko‘rgazmali dalillar yo‘qligiga qaramay, Isroil harbiy-havo kuchlari Livandan razvedkachi uchuvchisiz samolyotni uchirish imkoniyatini istisno etmayapti.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!