Qashqadaryoda ayol erini oʻldirib, murdani quduqqa tashlab yubordi.
Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida 19 avgust kuni ayol erini oʻldirib, quduqqa tashlab yubordi. Bu haqda inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, marhum qirq yoshda boʻlgan. Jasad ekspertizaga olib ketilgan.
“Jamiyatshunoslar, psixologlar bunday paytda oʻrtaga chiqishi kerak. Ijtimoiy muammolarni oʻrganuvchi muassasalar bu haqda gapirishi kerak, afsuski, tahlil yoki pichoqqa ilinadigan biror mulohaza yoʻq. Nima qilmoq kerak? Ayollarga nima boʻlyapti? Kimdir nimadir deya oladimi?”, deydi u.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!