Jamiyat

Surxondaryoda piyodani urib yuborgan haydovchi 6 yilga qamaldi

Surxondaryoda piyodani urib yuborgan haydovchi 6 yilga qamaldi

Surxondaryoda katta tezlik bilan kelib, piyodani urib yuborgan haydovchi 6 yilga qamaldi.

Surxondaryoda 2024 yilning avgust oyiga qadar 194 ta YTH sodir etilgan bo‘lib, 128 nafar inson turli tan jarohatlari olgan, 86 kishi vafot etgan.

Tahlillarga ko‘ra, avtohalokatlar asosan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan haydovchilar bilan sodir bo‘lmoqda. Joriy yilning 8 iyun kuni Surxondaryo viloyatida haydovchi tezlikni nazorat qilib bo‘lmas darajada oshirgan. Oqibatda 1 kishi jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Holat yuzasidan to‘plangan ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudida ko‘rib chiqilgan.

“Qilgan qilmishimdan pushaymonman. Faqat uzr so‘rayman”, deydi haydovchi.

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchining 5 nafar farzandi bor. Unga nisbatan 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.