Toshkentda qalbaki pul sotayotgan shaxs aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Toshkent shahrida qalbaki AQSH dollarlarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Prokuratura Departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida Yunusobod tumanida joylashgan “Universam dehqon bozori” oldida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar N.R., X.A. (muqaddam sudlangan) va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Toshkent tumanida yashovchi S.M.dan olib kelgan 100 AQSH dollarlik kupyuradagi qalbaki 10 000 AQSH dollarini fuqaro A.O.ga haqiqiy 7 200 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ushlanib, X.A.ning yonidan o‘tkazish maqsadida saqlab kelingan yana 75 dona 100 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!