Jamiyat

Toshkentning 3 ta tumani vaqtincha gazsiz qoladi

Toshkentning 3 ta tumani vaqtincha gazsiz qoladi

Taʼmirlash ishlari tufayli Olmazor, Yunusobod va Yashnobod tumanlarining quyidagi hududlariga 20-avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.

Sergeli tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha):
Aholi isteʼmolchilari soni – Sergeli-4 va Daryo bo‘yi ko‘chalaridagi 789 ta yerli xonadon va 10 ta ko‘p qavatli uylardagi 80 ta xonadon;
Ulgurji isteʼmolchilar soni – 26 ta.

Yunusobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha):
Aholi isteʼmolchilari soni – “Otchopar-2” MFY Chinobod, Otchopar, Obiravon, 8-tor Chinobod ko‘chalaridagi 180 ta yerli xonadon;
Ulgurji isteʼmolchilar soni – 11 ta.

Yashnobod tumani (soat 11:00 dan 17:00 gacha):
Aholi isteʼmolchilari soni – Osh ko‘chasidagi 5 ta ko‘p qavatli uylardagi 250 ta xonadon.

Qayd etilishicha, taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Shuningdek, yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.