Jahon

Tramp Ilon Maskni maslahatchi etib tayinlash istagini bildirdi

Tramp Ilon Maskni maslahatchi etib tayinlash istagini bildirdi

Maskning o‘zi sobiq prezident taklifiga qarshilik bildirmagan.

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp tadbirkor Ilon Maskni maslahatchi etib tayinlash istagini ma’lum qildi.

Reuters jurnalisti siyosatchidan agar u 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Maskni maslahatchi yoki vazir etib tayinlashni xohlaysizmi, deb so‘radi.

 Tramp ijobiy javob berdi. «U juda aqlli yigit. Albatta, agar u rozi bo‘lsa, men qarorni amalga oshirardim. U ajoyib yigit», dedi Donald Tramp.

Intervyu e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay, Ilon Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida:» Men xizmat qilishga tayyorman» deb yozdi.

Eslatib o‘tamiz,  Tramp va Mask o‘rtasida ijobiy aloqalar saqlanib qolmoqda.

Donald Tramp iyul oyida suiqasddan omon qolganidan keyin Ilon Mask uni saylovdagi kurashda qo‘llab-quvvatladi.

12-avgust kuni Donald Tramp Ilon Maskning X ijtimoiy tarmog‘iga qaytdi. U yerda u o‘zining saylovoldi tashviqoti videosini joylashtirdi. Bu Trampning 2023-yil avgustidan beri X dagi birinchi posti edi. Siyosatchi Ilon Maskga ikki soatlik intervyu ham berdi.