Ilm-fan, Jamiyat, O‘zbekiston

Yangi o‘quv yilida qancha abituriyent talaba bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Yangi o‘quv yilida qancha abituriyent talaba bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

2024/2025-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan imtihon natijalariga ko‘ra, 186 871 nafar abituriyent bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabalikka tavsiya etildi.

Shundan 41 153 nafari davlat granti asosida, 145 718 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan. O‘z navbatida kunduzgi ta’lim shakliga grant qo‘lga kiritgan talabalar 39 903 nafarni, to‘lov-kontraktdagilar esa 84 132 nafarni tashkil etdi.

Bundan tashqari, sirtqi ta’lim shakliga:

– davlat granti asosida (imtiyozli) -1 046 nafar; – to‘lov-kontrakt asosida — 48 555 nafar.

Kechki ta’lim shakliga:

– davlat granti asosida (imtiyozli) — 153 nafar; – to‘lov-kontrakt asosida — 8 455 nafar.

Masofaviy ta’lim shakliga:

– davlat granti asosida (imtiyozli) -51 nafar; – to‘lov-kontrakt asosida -4 576 nafar.

Shuningdek, talabalikka tavsiya etilganlarning 14 230 nafarini imtiyozli qabul parametrlari doirasida qabul qilinganlar tashkil etadi. Shundan 10 494 nafari grant, 3 736 nafari to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, grant asosida o‘rtacha o‘tish bali 121,7 balni, kontrakt asosida o‘rtacha o‘tish bali 94,7 ni tashkil etdi.

Talabalikka tavsiya etilganlarning 120 845 ming nafarini joriy yil bitiruvchilari tashkil etadi.