Malum bo‘lishicha, Guliston shahrining «Bo‘ston» mahallasidagi 4-mavzeda yashovchi Nilufar ismli ayol o‘zi ishlaydigan choyxonadan eri tomonidan zo‘ravonlarcha olib ketilgan.
Manbaning ma’lumot berishicha, ayolda erining zo‘ravonligidan himoyalanuvchi order bor.
Bu ayol anchadan beri kaltaklanib, «samosud» qilinadi. Qo‘lida himoya orderi bo‘lsada, foydasi yo‘q. Bu ayolga hech kim yordam berolmayapti. Eri bir kun urib, o‘ldirib qo‘ymasa bo‘ldi edi, deydi suhbatdosh.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!