Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov tabiat qoʻynida dam oluvchilar qoldirgan chiqindilarni yigʻgan holda, qirgʻizistonliklarni tozalikka chaqirib, Facebook sahifasiga video-post joylagan va shunday izoh qoldirgan:
“Hurmatli vatandoshlar! Keling, oʻz tabiatimizga eʼtiborli munosabatda boʻlib, bir-birimizni nazorat qilib, tarbiyalab, bir-birimizga oʻrnak boʻlaylik.
Birov-yarim boshqa yerdan kelib tabiatimizni tozalab bermaydi. Faqat bugunimiz bilan yashamaylik.
Ertaga farzandlaringiz, nabiralaringiz ham shu yerda dam oladi”.
Videoda esa tabiat qoʻynida dam olib, oʻzidan chiqindilar qoldirgan vatandoshlarni tanqid qilib, ularni tarbiyali inson sifatida oʻzlari bilan olib ketishga chaqirgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!