Qo‘mitaning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan ushbu xaridlar bo‘yicha “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borilgan.

O‘rganishlar natijasida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2024-yilning 14 iyunida “Ekskavator-Pogruzchik” xarid qilish uchun o‘tkazilgan boshlang‘ich qiymati 954 million so‘mlik xarid jarayonida ishtirokchilarni baholashda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 29-moddasi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunining 46-moddasi talablari buzilishi holatlari aniqlangan.

Mazkur holatlarga huquqiy baho berish uchun tegishli ma’lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Bundan avval Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Sirdaryo viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi tizim tashkilotlariga nisbatan ish qo‘zg‘atgandi. Boyovut, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos va Guliston tumanlaridagi unitar korxonalar tomonidan o‘tkazilgan boshlang‘ich qiymati 37 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 67 ta xaridlarda “Raqobat to‘g‘risida”gi hamda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilgani aniqlangan.