Joriy yilning yanvar-iyun oylarida avtokonsernning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘lgan:
Sof tushum: 23,4 trln so‘m (o‘tgan yilga nisbatan +6,4 foiz);
Sotilgan mahsulot tannarxi: 18,97 trln so‘m (o‘tgan yilga nisbatan -1,1 foiz);
Yalpi foyda: 4,45 trln so‘m (o‘tgan yilga nisbatan +56,6 foiz);
Operatsion xarajatlar: 2,39 trln so‘m (o‘tgan yilga nisbatan +30,3 foiz);
Sof foyda: 1,91 trln so‘m (o‘tgan yilga nisbatan +65 foiz);
Taqsimlanmagan foyda: 8,54 trln so‘m (o‘tgan yilga nisbatan +28,8 foiz).
UzAuto Motors’ning uzoq muddatli bank kreditlari 1,8 trln so‘mni, uzoq muddatli qarzlar 3,8 trln so‘mni tashkil etgan. Qisqa muddatli kreditlar 569,1 mlrddan 0,2 mlrd so‘mga kamaygan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!