Ozarbayjon milliy gilam muzeyi to‘plami yana bir noyob san’at asari bilan boyidi. Berlinda yashovchi Ozarbayjon adabiy-madaniy “Ishig‘ yo‘l” jamoasi a’zosi, kolleksioner Hojat Abasiy 1825-yil Shushada to‘qilgan “Achma-Yumma” nomli Qorabog‘ gilamini majmuaga sovg‘a qildi.
“AzerTAJ” yozishicha, gilam o‘rtasi va cheti geometrik hamda gulli naqsh, takrorlanmas tasvir bilan bezatilgan.
Hojat Abasiy 199-yillik nafis asarni vatanida ko‘rgazmaga qo‘yishdek orzusi ro‘yobga chiqqanidan mamnunligini bildirdi.
Muassasa direktori Amina Melikova bu ezgu tashabbus – nodir hunarmandlik namunasi hadya qilingani uchun kolleksionerga minnatdorlik bildirdi. Mutaxassis fikricha, ajoyib kompozitsiyasi, rang uyg‘unligi va bezak boyligi bilan ajralib turadigan “Achma-Yumma” muzeyning Shushadagi filiali ko‘rgazmasidan munosib o‘rin egallaydi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!