Pokistonning Panjob provinsiyasida noma’lum shaxslar maktab furgoniga o‘t ochdi. Oqibatda ikki bola halok bo‘ldi, olti kishi, jumladan haydovchi yaralandi. Bu haqda “Dawn” axborot portali xabar berdi.
“Noma’lum kimsalarning maktab furgoniga o‘t ochishi oqibatida ikki bola halok bo‘ldi, besh nafari yaralandi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, barcha bolalar 10 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan, shuningdek, jabrlanuvchilar orasida mikroavtobus haydovchisi ham bor.
Qurollangan odamlar voqea joyidan qochib ketgan. Huquq-tartibot idoralari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, otishma shaxsiy adovat fonida yuz bergan va gumonlanuvchilarning nishoni haydovchi bo‘lgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!