Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi raisi Li Syan bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
“Davlatlarimiz keng ko‘lamli qo‘shma rejalar, kelgusi yillar uchun mo‘ljallangan gumanitar sohalardagi iqtisodiy loyihalarni ishlab chiqdi. Biz do‘stimiz Si Szinpin bilan tegishli ko‘rsatmalarni aniqladik, Moskva va Pekindagi sammitlar davomida ushbu ko‘rsatmalarni belgilab oldik. Ular iyul oyida Ostona shahridagi Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishida u bilan bo‘lgan suhbatimiz yakunlari bo‘yicha kelishuvlar bilan to‘ldirildi”, degan Prezident Putin.
Kreml bayonotida qayd etilishicha, Rossiya Prezidenti unga Rossiya Federatsiyasi va Xitoy hukumatlari rahbarlarining ilgari bo‘lib o‘tgan uchrashuvi natijalari to‘g‘risida ma’lumot berilganligini va tomonlar Moskva va Pekin o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikning butun majmuasini batafsil muhokama qilganini ta’kidladi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv davomida o‘zaro manfaatli hamkorlikka qaratilgan bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolangan.
“Bizning savdo munosabatlarimiz muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Bu kabi munosabatlarimiz xitoylik do‘stlarimizning sa’y-harakatlari tufayli o‘sib bormoqda. Ikki mamlakat hukumatlarining har ikki tomonning savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratayotgan e’tibori o‘z natijalarini bermoqda”, deya qo‘shimcha qildi u.
Ma’lum qilinishicha, Moskvada Rossiya va Xitoy hukumat rahbarlari o‘tkazilgan ushbu 29 muntazam uchrashuvda sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va transport sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surishga e’tibor qaratilgan.
Uchrashuv yakunida bir qator hujjatlar, jumladan, Rossiya-Xitoy investitsiyaviy hamkorlik rejasi imzolangan. Bundan tashqari, ikki tomon o‘rtasida imzolangan hujjatlar ichida yana 15 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 avgust kuni joriy yilning iyul oyida Rossiyadan Xitoyga neft xomashyosi importining umumiy hajmi 2023 yilning iyuliga nisbatan 7,4 foizga qisqargani xabar qilingandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!